Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 19-Kimyogarlar saylov okrugidan saylangan deputat Davronov Komiljon Ochilbekovich Nurli kelajak, Shukrona, Madaniyat, Nurafshon, Darg‘om hamda Chorbog‘ MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.

 Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati;

Boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalari hamda atrof hududlarining tozaligi va yoritilishi;

Uylarni issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash masalalari;

Parklar, xiyobonlar va bog‘larning holati o‘rganiladi.

Asosiy maqsad — hududdagi muammolarni joyida aniqlash, aholining murojaatlarini tinglash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi