Yangiliklar

YANGISHAHAR KO‘CHASI: ZAMONAVIY TURIZM VA SAYR MASKANIGA AYLANTIRILMOQDA

Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasini zamonaviy turizm va sayr maskaniga aylantirish, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🏗O‘rganish davomida hududning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda loyihaning istiqboldagi vazifalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida:

🟢Zamonaviy piyodalar yo‘laklarini barpo etish;

🟢Yashil hududlarni kengaytirish va sug‘orish tizimini takomillashtirish;

🟢Favvoralar hamda zamonaviy avtoturargohlar tashkil etish;

🟢Savdo obyektlarini yagona dizayn konsepsiyasi asosida tartibga keltirish rejalashtirilgan.

✅Deputatlik o‘rganishlari davomida hududni zamonaviy, obod va aholi hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay sayr maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3