KASBIY TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR E’TIBORDA
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarga o‘rgatish, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputatlari Sh. Norsayev hamda K. Abdullayeva tumandagi Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida texnikum xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, mavjud moddiy-texnik baza, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda muassasada mavjud masalalar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar o‘rganildi.
Sifatli ta’lim va zamonaviy kasb — yoshlar kelajagi, hudud taraqqiyoti va Yangi O‘zbekiston ravnaqining muhim poydevoridir.