Yangiliklar

KUTUBXONADA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

KUTUBXONADA YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan Nurafshon MFY hududidagi maktab kutubxonasida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik holati, mavjud adabiyotlar, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxonadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4