Yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri X.Sultonov hamda “Sharlauq” MFY raisi, tuman Kengashi deputati J.Kuryazov o‘rtasida amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, hususan, hududda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida yuklatilgan vazifalar muhokama qilindi.

Deputat J.Kuryazov томонидан mahallasida mazkur Farmon doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi.

Suhbat yakunida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini izchil davom ettirishga kelishib olindi.