Yangiliklar

🚌 JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati
M.Roʻzmetov tomonidan hududda jamoat transporti xizmatlarining holati o‘rganildi.
🔹 Avtobuslarning muntazam harakatlanishi va belgilangan yo‘nalishlarga rioya etilishi;
🔹 Avtobus bekatlarining holati, ularning yo‘lovchilar uchun qulayligi va zarur sharoitlar bilan ta’minlangani;
🔹 Yo‘l haqi to‘lovlari va chiptalarni xarid qilish imkoniyatlari, aholiga qulaylik yaratish darajasi;
🔹 Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va qulayligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.