Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayolning faoliyati va mavjud muammolari o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, yaratilgan ish sharoitlari, tikuvchilik jihozlaridan foydalanish holati, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda faoliyatni yanada kengaytirish bo‘yicha rejalari bilan tanishildi.
➡️Shuningdek, tadbirkor ayolning mavjud muammo va takliflari tinglanib, faoliyatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda zarur ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✅Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaldagi imkoniyatlar doirasida amaliy yordam ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.