Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasida aholi daromadlarini oshirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

✅Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda "xonadonbay" ishlash tizimining samaradorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“Chinor” saylov okrugi deputat U.Jumayev okrugiga qarashli "Chinor"mahallasida, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev mahalla faollari va "Mahalla yettiligi" a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdilar.

✅Yig‘ilishda hududda ishsiz fuqarolar, xususan, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda Hokim yordamchisi tavsiyalari asosida oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✅Kotibiyat mudiri A.Pardayev o‘z so‘zida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturining ijrosini ta’minlashda deputat va "mahalla yettiligi" hamkorligi hal qiluvchi o‘rin tutishini ta’kidladi.

✅Tadbir yakunida sohaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va mavjud infratuzilmaviy masalalar yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 3