Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLARNING BANDLIGI VA ISHGA BO‘LGAN EHTIYOJI O‘RGANILDI

#Deputat_faoliyati
#162_ta_qonun
#deputat_yon_daftari

❗️YOSHLARNING BANDLIGI VA ISHGA BO‘LGAN EHTIYOJI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov Samarqand mahallasida yoshlarning holatini uyma-uy yurib o‘rgandi.

O‘rganish davomida xonadonlarda yashovchi yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning qiziqishlari, kasb-hunarga bo‘lgan intilishi, bandligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi hamda mavjud muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi, yangi ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Slide 1 of 1