Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Deputat mahallada.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Azimov Jizzax shahridagi “O‘ratepalik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda kambagʻallikni qisqartirish va ishsizlikni tugatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini atroflicha tahlil qildi.
🔸Oʻrganishlar davomida mahalladagi ishsiz fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda oilaviy daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga eʼtibor qaratildi. Deputat tomonidan hududning ichki imkoniyatlari, “mahalla bayʼi” tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
🔸Muloqot va tahlillar yakunida deputat Sh.Azimov hududda ishsizlikni butunlay tugatish va kambagʻallik darajasini keskin kamaytirish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook