#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi O‘.Omonov tomonidan Boshchorosh mahallasida “Mening bog‘cham” loyihasi asosida qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosidagi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilayotgani, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, qurilish materiallarining sifati va ishlarning bajarilish holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qurilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, mablag‘larning samarali sarflanishi hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|