Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H. Karaeva hamda doimiy komissiya a’zolari hamkorligida hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 02.0.9.1993 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunning 19 prim 1 -moddasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasining 26.08.2015 yildagi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-sonli Qonun ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Jumladan, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, sanitariya nazoratini olib borish, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi faoliyat joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
✅Mas’ullar bilan suhbat davomida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kelgusida ham tizimli ravishda nazorat qilib borish, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish va hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.