35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

17-BAND IJROSI: Sanchiqul MFYda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALARning 17-bandi — chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini ta’minlash masalalari ijrosini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Sanchiqul MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi sanitariya va obodonlashtirish holatiga, xususan, 61-maktab hududida joylashgan chiqindi xonasining holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, chiqindi saqlash joyining sanitariya holatini yaxshilash hamda hududda tozalikni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 2