Mazkur o‘yingoh mahalladagi bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishi hamda jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida olib borilib, unda zamonaviy va xavfsiz o‘yin jihozlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Hududda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda farzandlarimizning quvonchiga quvonch qo‘shishga xizmat qiladi.