Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Kengash deputati D. Mardonovaga deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan metodik-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Uchrashuv davomida deputatning hududlarda olib borayotgan o‘rganish ishlarini tizimli tashkil etish, aniqlangan muammolarni “Deputat daftari”ga to‘g‘ri qayd etish, deputatlik so‘rovlari bilan ishlash hamda o‘rganish natijalarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.