Deputatlarning ishini mahallabay tashkil etish maqsadida mahalliy Kengashlarning 5 628 nafar deputati 9 011 ta mahallaga manzilli biriktirildi.
Deputatlar o‘zlari biriktirilgan mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganadi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi asosida hal etish choralarini ko‘rib boradi.