35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat ta’lim muassasasi binosini ko‘zdan kechirdi

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O'zbekiston Ekologik partiyasi a'zosi - Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Ahmad Yassaviy mahallasida joylashgan 155-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida ta’lim muassasasi binosi va hududidagi mavjud holatni o‘rgandi.

🔰Tashrif davomida sinf xonalari, yo‘laklar, sport maydonchasi, hovli hamda maktabning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan maktab ma’muriyati bilan muloqot o‘tkazildi.

📌O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1