35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov hamda tuman deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Fayzliobod mahallasida yangidan barpo etilgan bolalar maydonchasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maydonchaning holati, o‘rnatilgan jihozlarning sifati, bolalar xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholiga qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, maydonchani doimiy saqlash, atrof hududni obodonlashtirish va ayrim jihozlarning texnik holatini muntazam nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va maydonchani namunali holatda saqlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4