Yunusobod tumani «Posira»mahallasidagi TP-767 transformator punktida olib borilgan ta’mirlash ishlari hamda elektr ta’minotini tiklash jarayoni Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Saadullayev Qudrat tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.
📝Deputat tomonidan mas’ul korxonalar bilan hamkorlikda ta’mirlash ishlarining borishi doimiy monitoring qilinib, aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
✅Olib borilgan ta’mirlash ishlari yakunlanib, «Posira» mahallasida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi aholi murojaatlari va hududlardagi infratuzilma masalalarini deputatlik nazorati orqali izchil kuzatib borishda davom etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!