#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sakinaxon Said Gaziyevaga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida tadbirkorlik sohasiga oid quyidagi qonunlar biriktirilgan:
📝 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📆 O‘RQ-327 | 26.04.2012
📝 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” (yangi tahrir) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📆 O‘RQ-328 | 02.05.2012
📝 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📆 O‘RQ-440 | 29.08.2017
⚖️ Mazkur qonunlar deputat tomonidan doimiy komissiya faoliyati doirasida o‘rganilib, ularning ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik talablarining samarali ijrosini nazorat qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash