35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

O’rmonchi mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi

O’rmonchi mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi
O’rmonchi mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa "qizil","sariq" toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Keldibekova tomonidan nazorat-tahlil qilindi.
O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi,mahalla yettiligi hamkorligi, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "qizil", "sariq" hududlarni "yashil" toifaga o‘tkazish, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3