35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILMOQDA

Murojaatda hududlarda suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq masala ko‘tarilgan bo‘lib, ushbu masalani o‘rganish yuzasidan hudud deputati hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan tegishli tartibda ish olib borilishi belgilandi.

Fuqarolarga kotibiyat bosh mutaxassisi G.Baratullayeva tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganilishi va natijasi bo‘yicha tegishli tushuntirish berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, masalani batafsil o‘rganish uchun fuqaroning yozma arizasi qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda.