Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan 11-Geologlar saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan bolalar maydonchasi hamda workout sport maydonchasi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
✅ qurilish ishlarining borishi va sifati;
✅ bajarilayotgan ishlarning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiqligi;
✅ maydon atrofidagi sanitariya-tozalik holati hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
💬 Shuningdek, hududni yanada ozoda saqlash, barpo etilayotgan maydonchalardan kelgusida samarali foydalanish va ularning sifatli foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌳 Aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettiriladi.