🏛 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati U.Yarlakabov tomonidan Jo‘langar mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida nogironligi mavjud fuqarolarga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
✅ Mazkur o‘rganish nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yaratilgan imtiyozlarning to‘liq hamda qonuniy qo‘llanilishini ta'minlashga xizmat qiladi.