35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi hududdagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot xodimlarining ish sharoitlari, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1