35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘lari ijrosi yuzasidan hisobot tinglandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Tuproqqal’a tuman bo‘limi boshlig‘i U.Urazbayevning Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2026-yil 1-yarim yillik daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda 543,1 mln so‘m mablag‘ tushgani, ushbu mablag‘lar hisobidan mahallalarda yo‘l va infratuzilma ishlari amalga oshirilgani, 155 ta tungi yoritish chirog‘i o‘rnatilgani, MFYlar moddiy-texnik bazasi mustahkamlangani, bolalar maydonchalari barpo etilgani hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlangani qayd etildi.

Sessiya yakunida hisobot ma’lumot uchun qabul qilinib, jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1