35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

✅Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Normatov tomonidan Shirin shahridagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Hozirgi kunda maktab binosida ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

⬅️O‘rganish jarayonida bajarilgan ishlar sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddi tashkilotlar vakillariga ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlangach, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratilishi, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1