35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun — deputat faoliyatining huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan №706-II-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni mahalliy Kengash deputatlarining huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlardan biridir.

Mazkur Qonunga muvofiq, deputatlar saylovchilar manfaatlarini himoya qiladi, ularning murojaatlarini o‘rganadi, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suradi. Shuningdek, deputatlar deputatlik so‘rovi yuborish, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida hisobot berish orqali ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlaydi.

Ushbu Qonun mahalliy vakillik organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi