Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish hamda Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan:
🔹 Deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari va ularning samaradorligi;
🔹 Deputat so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 Kengash sessiyalarini yuqori saviyada tashkil etish, kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning dolzarbligi va sifatini oshirish;
🔹 Qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, ularning natijadorligini muntazam monitoring qilib borish;