Yunusobod tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, deputat Ravshan Yusupov tomonidan “Bodomzor” MFYda yashovchi fuqarolar murojaati asosida hududdagi yo‘l holati joyiga chiqib o‘rganildi.
👉Aniqlanishicha, aloqa-kabel tarmoqlarini yotqizish ishlari davomida asfalt qoplamasi kesilib, yo‘l qismi qazilgan. Biroq ishlar yakunlangach tiklangan asfalt qoplamasi mavjud yo‘l sathidan taxminan 5 santimetr past holatda yotqizilgani sababli yo‘l yuzasida notekislik yuzaga kelgan. Bundan tashqari, qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan eski asfalt bo‘laklari va qurilish chiqindilari hanuzgacha hududdan olib chiqilmagan.
❗️Mazkur holat nafaqat yo‘lning estetik ko‘rinishini buzmoqda, balki transport vositalari harakati uchun ham noqulaylik tug‘dirmoqda.
✅O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlarga yo‘l qoplamasini amaldagi sath bilan bir xil darajada sifatli tiklash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni qurilish chiqindilaridan to‘liq tozalash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
📝Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar ijrosi nazorat qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!