2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari va hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 10-Juma saylov okrugi deputati Xolmuratova Flora Ubaydullayevna tomonidan Po‘latchi mahallasi infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan quyidagi takliflar bildirildi:
🔹 Mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 40 ta beton elektr ustuni o‘rnatish.
🔹 Quyidagi ko‘chalarda jami 4,3 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish:
✅ Chamanzor – 250 metr
✅ Lochin – 250 metr
✅ Yangiobod – 500 metr
✅ Lolazor – 475 metr
✅ Dilnur – 150 metr
✅ Oydin – 300 metr
✅ Sunbula – 345 metr
✅ Mag‘rur – 180 metr
✅ Gavhar – 200 metr
✅ Mohlaroyim – 200 metr
✅ Tutzor – 290 metr
✅ Qaldirg‘och – 290 metr
✅ Yakkatol – 270 metr