Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida kun tartibidagi navbatdagi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot tinglandi.
Mazkur masala yuzasidan axborot berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Mamaraximov Sherbek Xoltuxtash o‘g‘liga so‘z berildi.
Axborot davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish holati, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasida olib borilayotgan faoliyat haqida ma’lumot berildi.
Deputatlar tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.