35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 8-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Bahodir Muhammadaliyevich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Yangiobod” mahallasining Uchquduq ko‘chasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib,hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Xususan, Uchquduq ko‘chasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq muammo mavjudligi, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish tizimini yaxshilash zarurligi bildirildi.Shuningdek, yomg‘irli kunlarda yog‘ingarchilik suvlari to‘planib qolishining oldini olish va ularni tartibli ravishda chiqarib yuborish maqsadida ichki ko‘chalarga suv oqova lotoklarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan tegishli tartibda qayd etilib, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.Deputat tomonidan aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 3