Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova tashabbusi bilan Kamolot mahallasida yo‘llarni ta'mirlash va asfaltlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
✅ Qo‘shimcha dastur va chora-tadbirlar doirasida mahallaning 2,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari bajarildi.
Bu esa transport qatnovi va piyodalar harakati uchun yanada qulay sharoit yaratdi.
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida 3 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga sifatli asfalt qoplamasi yotqizildi.
✅ Bundan tashqari, deputat boshchiligida mahalla faollari va fuqarolar hashar yo‘li bilan yana 500 metr ichki yo‘l asfaltlashtirilib, hududning obodonlashtirilishiga munosib hissa qo‘shildi.