Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibyat mudiri A. Sobirov tomonidan o‘z saylov okrugidagi hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.
📍 O‘rganish davomida Vohim mahallasi, Qo‘rg‘oncha ko‘chasining yo‘l holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududda yo‘l qoplamasini yaxshilash, xususan, asfaltlash masalasi o‘rganildi.
🛣 Deputat tomonidan ko‘chadagi mavjud holat yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, hudud aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari ilgari surildi.
🤝 Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi muammolarni o‘rganish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.