Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash hamda soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.
Qaror soliq nazoratini yondashuvlar asosida tashkil etish, halol soliq to‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish, xavf darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarni aniqlash orqali nazoratini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
soliq to‘lovchilar xavf darajasiga ko‘ra baholanadi;
soliq tekshiruvlari xavf tahlili natijalari asosida tashkil etiladi;
tekshiruv jarayonlarida shaffoflik va xolislik ta’minlanadi;
soliq organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi
Ushbu tizim byudjet tushumlarini oshirish, noqonuniy holatlarning oldini olish, soliq intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlari uchun adolatli va shaffof soliq muhitini yaratadi
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram