#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov kunlik ish rejasiga muvofiq Oqtosh mahallasidagi 12-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2001-yil 11-may, 215-II-son) mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. Qonunga muvofiq, sil kasalligining oldini olish, uni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash hamda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, profilaktik tadbirlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|