35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FURQAT MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan Furqat mahallasida hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi fuqarolarni qiynayotgan, uzoq vaqt davomida noqulaylik tug‘dirayotgan zovurlar holati ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar tomonidan ushbu hududda tarqalayotgan noxush hidlar sababli yuzaga kelayotgan muammolar bildirildi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda vaziyatni o‘rganish, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlari, hududlardagi muammolar va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari doimiy nazoratda olib borilmoqda.

Slide 1 of 7