Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosini samarali nazorat qilish maqsadida muhim tizimli choralar amalga oshirildi.
🔹
28 nafar mahalliy Kengash deputati o‘zlari saylangan okrugdagi 100 ta mahallaga manzilli biriktirildi.
Mazkur tizimning asosiy maqsadi:
✅ mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini doimiy nazorat qilish;
✅ aholi muammolarini joyida o‘rganish va tezkor hal etishga ko‘maklashish;
✅ fuqarolar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish;
✅ rivojlantirish dasturlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdan iborat.
🤝 Mahalla — taraqqiyot tayanchi, deputatlik nazorati esa natijadorlik kafolati!