O‘rganish jarayonida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada jamoat xavfsizligini yanada kuchaytirish maqsadida asosiy ko‘chalarga qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bu kabi chora-tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va mahallada tinch hamda osoyishta muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.