35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi

📌Fuqarolar murojaati qabul qilindi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti, ichimlik suvi, obodonlashtirish masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📝 Har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarning mazmuni joyiga chiqib o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish uchun nazoratga olindi.
🔍 Ayrim murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazilishi, zarur hollarda tegishli idoralarga so‘rov va tavsiyalar yuborilishi belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4