35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat so‘rovi amaliy natija berdi


Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgangan edi.

📝 O‘rganishlar davomida “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Oq mangit, Vatanparvar va Mo‘ynoq ko‘chalarida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalarga yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish masalasi yuzasidan Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

☀️ Bugun esa deputatlik so‘rovining amaliy natijasi sifatida Mo‘ynoq ko‘chasida yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish ishlari boshlandi.

📌 Aholi murojaati — o‘rganish, deputatlik so‘rovi — amaliy natija.

Slide 1 of 3