Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Bog‘ibo‘ston"da sayyor qabul o‘tkazildi

 🔰 "Bog‘ibo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 46-umumta’lim maktabida tashkillangan navbatdagi sayyor qabulda Uchko‘prik tumani hokimi – mahalliy kengash deputati Qodirjon Erkaboyev, tuman prokurori O‘ktamjon Yo‘lchiyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Avazbek Raxmonov va mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

🔰 Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati ichimlik suvi, suyultirilgan gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, ta’lim, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish kabi masalalarga oid bo‘ldi. 

📌 Ayrim fuqarolarga shu yerning o‘zida zarur tavsiyalar berilib, murojaatlari yechimini topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan masalalar mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

Slide 1 of 1