Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati J.Uzaqov Dilorom mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, bandlikni ta'minlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va nuqsonlar ham qayd etildi. Jumladan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash hamda belgilangan rejalar ijrosini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1