Yangiliklar

✅Navzandak mahallasida muammolar o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 12-Navzandak saylov okrugi deputati D. Sanayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Navzandak mahallasida mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi dolzarb muammolar o‘rganildi.

🔸O‘rganish davomida elektr energiyasi, ichki yo‘llar va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, 150 ga yaqin xonadonda ichimlik suvi muammosi mavjudligi aniqlanib, aholi glubin nasosi orqali olinayotgan sifati talab darajasiga javob bermaydigan suvdan foydalanayotgani qayd etildi.

🔹Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, uni bartaraf etish yuzasidan 2027-yil dasturiga taklif kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 4