Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati A. Mamadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G'afforov 18-son umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib, "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida tashkil etilgan yozgi sog'lomlashtirish va mazmunli dam olish tadbirlari bilan tanishdi.
🔹Tashrif davomida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi ta'til davrida tashkil etilgan fan, sport hamda ma'naviy-ma'rifiy to'garaklar faoliyati ko'zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qiziqish va iqtidorlarini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
⚡️Yakunda tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, yoshlar qamrovini kengaytirish hamda yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish bo'yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.