Yangiliklar

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi

Turkiston MFYda piyodalar yo‘laklari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan aholi uchun yaratilayotgan qulay sharoitlarni joyida o‘rganish maqsadida Turkiston mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yo‘laklarning sifati, loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur hudud Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayevning saylov okrugi hisoblanadi. O‘rganish jarayonida piyodalar uchun yaratilayotgan infratuzilmaning sifati, qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan monitoring davom ettirilishi qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6