Qumqo‘rg‘on tumanining Yuksalish mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida 2026-yil 1-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan tashabbusli budjet loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Mahalla aholisining faol ishtiroki, tashabbuskorligi hamda ovoz berish jarayonidagi faolligi natijasida hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, mahalla hududidagi 3,2 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizilib, yo‘l infratuzilmasi zamonaviy talablar asosida yaxshilanmoqda.
Tashabbusli budjet loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.