Yangiliklar

Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan “Cho‘lpon 100 yilligi” MFYdagi Feruz va Ulfat ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 km 100 metr ichimlik suvi tarmog‘ini qayta tortish zarurligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan vakolatli tashkilotga deputat so‘rovi yuborilib, masalani joyida o‘rganish, tegishli choralarni ko‘rish hamda natijalari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ma'lumot taqdim etish so‘raldi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlari ijrosi doimiy nazoratga olinadi.

Slide 1 of 2