Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaat mualliflari bilan bevosita muloqot qilinib, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, murojaatlarda bayon etilgan masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ijobiy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1